19:50 Seshanba 24 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI

19.03.2026
10

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan talaba-yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

19-mart kuni o‘tkazilgan uchrashuvda institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Shuxrat Xushvaqtov so‘zga chiqib, oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u institutda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan yangi shart-sharoitlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan ham to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda institutga biriktirilgan profilaktika inspektori Aziz Tadjibayev ham ishtirok etib, talaba-yoshlar bilan muloqot olib bordi.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar. Mazkur uchrashuv ochiq muloqot muhitini shakllantirish, yoshlarning faolligini oshirish hamda ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?