01:05 Seshanba 14 Oktyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

10.10.2025
49

2025-yil 9-oktabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida (TTYSI) O‘zbekiston yoshlar ittifoqi TTYSI boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tadbirda institut rahbariyati, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Baxtiyor Nasimov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, shuningdek O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Kengashi raisi Shukurulloxon Anvarov hamda Kengash mas’ullari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida Xo‘jamurodov Surxonbek Husan o‘g‘li yoshlar yetakchisi lavozimiga nomzod sifatida so‘zga chiqib, o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari bilan ishtirokchilarni tanishtirdi.

Bildirilgan fikr va takliflar inobatga olingan holda, nomzod bir ovozdan ma’qullanib, TTYSI Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi etib saylandi.

Shuningdek, yo‘nalish va fakultet koordinatorlari ham saylanib, ularga ishonch yorliqlari tantanali tarzda topshirildi.

Yig‘ilish davomida Yoshlar ittifoqining institut hayotidagi o‘rni, yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va yetakchilik salohiyatini rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?