Respublikada matbaa va noshirlik sohasini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, bosma mahsulotlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda
Xususan, ayni damda Shanxay matbaa va nashriyot kolleji bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan ushbu hamkorlikni kengaytirish maqsadida Institutimiz delegatsiyasi kollej ma’muriyati bilan olib borgan muzokaralari natijasida qator kelishuvlarga erishildi:
Talabalar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Institutda hamkorlikda laboratoriya tashkil etish;
Professor-o‘qituvchilar almashinuvi dasturlarini yo‘lga qo‘yish;
Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha professor-o‘qituvchilar malaka oshirish dasturlarini tashkil etish;
Hammualliflikda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar yozish va tadqiqotlar olib borish.