“Respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, shuningdek giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan choralar” mavzusida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda
Ayni vaqtda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligining qo‘shma Dasturi asosida “Respublikada terrorizm, diniy ekstremizm, shuningdek giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan choralar” mavzusida respublika o‘quv seminari bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur o‘quv seminarda 24 ta Oliy ta’lim muassasalarning tyutorlari va “Qalqon” jamoatchilik tashkilotlari a’zolari ishtirok etmoqda.