🔊
18:47 Payshanba 30 Aprel 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

SHANXAY NASHRIYOT VA BOSMA ISHI KOLLEJI VAKILLARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

15.04.2026
6

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Shanxay nashriyot va bosma ishi kolleji vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

15-aprel kuni bo’lib o’tgan muzokaralarda institut tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina, shuningdek, kimyoviy va poligrafik muhandislik kafedrasi mudirasi qatnashdi.

Shanxay nashriyot va bosma ishi kolleji delegatsiyasi tarkibida direktor o‘rinbosari Cui Qingbin, xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Jiang Rong, bosma media texnologiyalari sohasidagi ekspert Ge Jinghuan, o‘quv-ilmiy bo‘lim direktori Chen Yi, shuningdek professorlar Wang Xiyue, Jin Xiaoxiao va Du Yan ishtirok etdilar.

Tomonlar ta’lim sohasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar, jumladan, professor - o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, mahorat darslari hamda seminar - treninglar tashkil etish, shuningdek qo‘shma ta’lim tashabbuslarini amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tashrif doirasida delegatsiya vakillari institutdagi ilg’or laboratoriyalar hamda zamonaviy ilmiy ishlanmalar, innovatsion loyihalar bilan yaqinda tanishdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?