“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tizimli ravishda o’tkazib kelinmoqda.
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti talabalai ishtirokida 4-mart kuni o’tkazilgan uchrashuv davomida oliy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, talabalar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, institut talabalari uchun kelgusida yaratiladigan yangi shart-sharoitlar va istiqboldagi loyihalar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv ochiq muloqot ruhida o‘tib, talabalar o‘z taklif va tashabbuslarini bildirish hamda dolzarb savollariga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Mazkur muloqot yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.