🔊
07:54 Juma 08 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI” BO‘LIB O‘TDI

23.04.2026
6

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida navbatdagi “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi.

“Muvoffaqiyat sari yo‘l” mavzusida o‘tkazilgan uchrashuvda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida malaka oshirish va jo'rnal tahririyati bo'limi boshlig'i Muxabbat Mirsoliyeva, Bektemir tumani hokimi o‘rinbosari -  investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘limi boshlig‘i Malika Egamberdiyeva hamda Iqtisodiyot fakulteti dekani Gulasal Madraximova ishtirok etdilar.

Shuningdek, uchrashuvda institut Xotin-qizlar kengashi raisi Dilrabo Baxriddinova, “Olima ayollar” uyushmasi raisi Umida Elmuratova, jamoat tashkilotlari vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-qizlar faol qatnashdilar.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning davlat fuqarolik xizmatidagi o‘rni, jamiyatdagi rolini yanada mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borildi. Talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldilar.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish hamda jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbir yakunida institutning iqtidorli talaba-qizlari tomonidan tayyorlangan milliy liboslar namoyishi bo’lib o’tdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?