16:35 Chorshanba 11 Dekabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TABRIKNOMA

21.11.2024
30

HURMATLI SAYPILA LOLASHBOEVICH!

Institut professor-o‘qituvchilari, xodimlari va talabalari nomidan Sizni muborak 70 yillik yubileyingiz - tavallud topgan kuningiz bilan chin qalbimizdan samimiy tabriklaymiz va qizg‘in muborakbod etamiz.

Jamoamizning barcha o‘qituvchilari va xodimlari Sizni institutimiz jamoatchilik kengashining raisi, texnika fanlari doktori, professor, tajribali, jonkuyar, mehnatsevar, hozir-javob, fidoyi ustoz sifatida yaxshi biladilar. 50 yillik ilmiy, nazariy va pedagogik faoliyatingizda to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab, fidokorona mehnat qilib kelyapsiz.

“Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasining professori sifatida yangi darsliklar, zamonaviy o‘qitish uslublarini yaratib, o‘quv jarayoniga joriy etayotganligingiz nafaqat fakultetimiz, balki institutimiz jamoasining barchasiga juda yaxshi ma’lum.

Siz uyingizda sevimli oila boshlig‘i, mehribon ota, g‘amxo‘r bobojon, barcha qavm-qarindoshlarning tayanch ustuni, jonkuyar ustoz va do‘stlarning ishonchli maslakdoshisiz!

QADRLI SAYPILA LOLASHBOEVICH!

Sizga muborak 70 yillik yubileyingiz - tavallud topgan kuningiz qutlug‘ bo‘lsin! Barcha orzu-niyatlar va istaklaringiz ro‘yobga chiqaversin! Sizga sihat-salomatlik, a’lo kayfiyat, ijodiy va mehnat faoliyatingizda, oilaviy hayotingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Farzandlar, nabiralar, avaralaringizni rohatini uzoq yillar ko‘rib yurishingizni tilaymiz!

To‘qimachilik muhandisligi fakulteti jamoasi nomidan Dekan S.PATXULLAYEV!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?