19:08 Dushanba 21 Aprel 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“Talabalar teatr studiyalari” institut bosqichi oʻtkazildi

25.03.2025
125
Bugun institutda “Talabalar teatr studiyalari” respublika koʻrik-tanlovinining institut bosqichi boʻlib oʻtdi.
Mazkur “Talabalar teatr studiyalari” respublika koʻrik-tanlovinining institut bosqichida 4 ta fakultetning teatr studiyalari ishtirok etdi.
Tanlov soʻngida Hakamlar hayʼati tomonidan belgilangan nizom talablari asosida baholandi.
Tanlovda ishtirok etganlar quyidagi natijalarni qayd etdi:
1-oʻrin Toʻqimachilik muhandisligi fakultetining “Eksklyuziv” teatr studiyasi tomonidan Erkin Xushvaqtovning asari asosida sahnlashtirilgan “Qirmizi olma” spektakli;

2-oʻrin Dizayn va texnologilar fakulteti “Haqiqat kuzgusi” teatr studiyasi tomonidan Abulhamid Choʻlponning asari asosida sahnlashtirilgan “Kunduzsiz kechalar” spektakli;

3-oʻrin Iqtisodiyot fakulteti “Isteʼdod” teatr studiyasi tomonidan Abdulla Qodiriyning asari asosida sahnlashtirilgan “Qatl etilgan adolatʼ spektakli.
Shuningdek, “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi boʻyicha “Abdulla qodiriy” roli uchun Iqtisodiyot fakulteti talabasi Shohabbos Qurbonov, “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasi boʻyicha “Sotti kelin” roli uchun Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti talabasi Muxayyo Shernazarova, “Jamoa ijodkor talabasi” nominatsiyasi boʻyicha “Munnavar Qori” roli uchun Iqtisodiyot fakulteti talabasi Abdumanonov Muhammadjon, “Eng yaxshi talabalar teatr studiyasi rahbari” nominatsiyasi boʻyicha “Mega yulduzlar” teatr studiyasi rahbari, Sanoat texnologiyalari va mexanika fakultetining dekan oʻrinbosari Baxodir Bozorovlar gʻolib deb topildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?