22:17 Payshanba 12 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABAMIZGA DAVLAT MUKOFOTI TOPSHIRILDI

06.03.2026
25

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda nutq so‘zladi va davlat mukofotlarini topshirdi.

Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbari marosimda nutq soʻzlab, barcha muhtarama onaxonlar, qadrli opa-singillarni samimiy tabrikladi.

Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh ayollarga davlatimizning yuksak unvon, orden va medallari, shuningdek, ilm-fan, taʼlim, madaniyat va jamoat ishlarida faol boʻlgan 28 nafar iqtidorli qizga Zulfiya nomidagi davlat mukofoti tantanali tarzda topshirildi.

Quvonarlisi, mazkur mukofot sohibalari orasida Surxondaryo viloyatidan bo‘lgan Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi ham bor.

Shokirova Gulhayyo O‘ktam qizi — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Parij xalqaro moda akademiyasi qo‘shma fakulteti AICP 1-bosqich magistranti sifatida milliy libos dizayni yo‘nalishida olib borayotgan ijodiy izlanishlari, an’anaviy merosimizni zamonaviy moda konsepsiyalari bilan uyg‘unlashtirish borasidagi yuksak mahorati va fidokorona mehnati bilan ushbu nufuzli mukofotga munosib deb topildi.

Ushbu yutuq AICP qo‘shma ta’lim dasturining samarali faoliyati, xalqaro hamkorlik va sifatli ta’lim natijasining yorqin ifodasidir.

Gulhayyo O‘ktam qiziga kelgusidagi ilmiy-ijodiy faoliyatida yanada ulkan zafarlar, yangi loyihalar va yuksak marralar tilaymiz.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?