18:57 Chorshanba 18 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“O‘ZBEKISTON–XITOY SANOAT KORXONALARIDA TEXNOLOGIK HAMKORLIK: INNOVATSION VA RAQAMLI YECHIMLAR” FORUMI BO‘LIB O‘TDI

16.03.2026
29

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Huansi Intelligent Technology Co., Ltd kompaniyasi hamkorligida “O‘zbekiston–Xitoy sanoat korxonalarida texnologik hamkorlik: innovatsion va raqamli yechimlar” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Mazkur forum O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zto‘qimachiliksanoat uyushmasi, O‘zcharmsanoat uyushmasi hamda O‘zbekipaksanoat uyushmasi hamkorligida tashkil etildi.

Forum doirasida O‘zbekiston va Xitoy korxonalari o‘rtasidagi hamkorlik uchrashuvlari o‘tkazilib, sanoatni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish jarayonlariga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda qo‘shma loyihalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Mutaxassislar tomonidan bunday hamkorlik zamonaviy texnologik yechimlarni joriy etish, qo‘shma ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish hamda yangi avlod yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ilg‘or texnologik kompaniyalar bilan hamkorlik ishlab chiqarishni raqamli boshqarish tizimlarini joriy etish, korxonalar samaradorligini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirish hamda “aqlli fabrika” tamoyillariga bosqichma-bosqich o‘tish imkonini berishi qayd etildi.

Institut uchun bunday hamkorlik strategik ahamiyatga ega bo‘lib, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, innovatsion ishlanmalarni sanoatga tatbiq etish hamda zamonaviy texnologiyalar bilan ishlay oladigan mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda.

Forum yakunida ushbu tadbir nafaqat dolzarb masalalarni muhokama qilish maydoni, balki yangi hamkorliklarni yo‘lga qo‘yish, tajriba almashish va qo‘shma tashabbuslarni boshlash uchun muhim platforma ekani ta’kidlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?