TEX4FUTURE – Textile Expo Uzbek Spring 2025’da
14–16-may kunlari “Oʻzekspotsentr” Uzekspomarkazida boʻlib oʻtayotgan Textile Expo Uzbek Spring 2025 XXIV xalqaro toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati koʻrgazmasida TEX4FUTURE loyihasi jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Savdo-sanoat palatasi hamda “Oʻztoʻqimachiliksanoat” assotsiatsiyasi koʻmagida amalga oshirilayotgan ushbu loyiha mamlakatimiz sanoatida yangi imkoniyatlar sari dadil qadam tashlamoqda.
Mazkur koʻrgazma: toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatidagi hamkorliklarni mustahkamlash, ehtimoliy steykxolderlar bilan bevosita muloqot oʻrnatish, va eng asosiysi, loyiha uchun filtrlanmagan, qimmatli fikr-mulohazalarni olish imkonini bermoqda.