04:32 Shanba 25 Oktyabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TTYSI rahbariyati talabalar turar joyida

24.10.2025
18

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati tomonidan talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi. Tashrif davomida rahbariyat turar joydagi sharoitlar, talabalarning yashash muhiti, tozalik va tartib-intizom holatini o‘rganib chiqdi.

Suhbat chog‘ida talabalar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va fikrlari tinglandi. Shuningdek, rahbariyat yoshlarning ta’lim jarayonidagi faolligini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratish muhimligini ta’kidladi.

Bunday uchrashuvlar talabalarning hayotiga yanada yaqinlashish, ularning muammolarini joyida hal etish hamda institutda yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishlariga ko‘maklashadi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?