21:43 Dushanba 14 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

To‘qimachilik muhandisligi fakultetida adabiyot va she’riyat kechasi

14.07.2025
22

2025-yil 14-iyul kuni “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida To‘qimachilik muhandisligi fakultetida talabalar va mahalla yoshlari ishtirokida adabiyot va she’riyat kechasi tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlarni ma’naviy boy, bilimli, salohiyatli va vatanparvar etib tarbiyalashga, ularning fikrlash doirasini kengaytirishga xizmat qildi.

Kechada ishtirokchilar she’r o‘qish, adabiy mushohara qilish, milliy adabiyotimiz durdonalari haqida fikr almashish orqali o‘z iqtidorlarini namoyon etdilar.

Bunday adabiy-ma’naviy tadbirlar bugungi texnologik va globallashuv davrida yoshlarni ongli, zukko va ezgulik tarafdori bo‘lishiga zamin yaratadi.

Adabiyot – ruh ozuqasi, she’riyat – qalb pardasining ohangi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?