To‘qimachilik sohasida intellektual mulkni muhofaza qilish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tdi
17-aprel kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Intellektual mulk konsultativ markazi” va “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi” mutaxassislari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbirda ixtiro, foydali model va sanoat namunalari uchun talabnomalarni rasmiylashtirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi.
Seminarda institut ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Nodir Mirzayev, tegishli bo‘lim rahbarlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" mutaxassislari qatnashdi.
Mutaxassislar tomonidan intellektual mulkning huquqiy asoslari, patent olish tartibi, sanoat mulki obektlarining huquqiy muhofazasi, shuningdek, bu boradagi qonunchilikdagi yangiliklar haqida atroflicha ma’lumot berildi.