03:00 Juma 18 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TOSHKENT INHA UNIVERSITETI TTYSIda MEHMONDA!

17.07.2025
31

Bugun Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida navbatdagi muvofaqqiyatli hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mehmonimiz – Toshkent shahridagi INHA universiteti vakillari edi.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – ikki oliygoh o‘rtasida do‘stona aloqalarni mustahkamlash, talabalar o‘rtasidagi ijodiy va intellektual almashinuvni yo‘lga qo‘yish, madaniy-maʼrifiy, texnologik va hayriya yo‘nalishlarida hamkorlik qilish.

Mehmonlar institut faoliyati bilan yaqindan tanishib, TTYSI talabalari uchun yaratilgan sharoitlar, innovatsion laboratoriyalar va ixtisoslashgan kafedralar faoliyati bilan tanishdilar.

Tadbir davomida:
• Talabalar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlovchi jamoaviy o‘yinlar,
• “Tanishing, bu bizning institut!” nomli taqdimot va tanishuv sessiyasi,
• O‘zaro almashinuvga asoslangan qiziqarli savol-javoblar va muhokamalar o‘tkazildi.

Tadbir yakunida o‘zaro anglashuv va do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan rasmiy hujjat – hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu memorandum asosida:
Madaniy va sport tadbirlari
Hayriya va volontyorlik loyihalari
IT va innovatsion seminarlar
Talabalar almashinuvi va tajriba dasturlari yo‘lga qo‘yiladi.

Bu hamkorlik — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar, ijtimoiy faollik va kreativ tashabbuslarga keng yo‘l ochadi!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?