11:24 Juma 22 Noyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Toshkent To‘qimachilik va yengil sanoat institutida anjuman o‘tkazildi

20.11.2024
0

Taraqqiyotning bugungi bosqichi yuqori malakali kadrlar tayyorlash bilan birga ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, intellektual va moddiy resurslarni, iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi yirik ilmiy-amaliy dasturlarni, innovatsion loyihalarni tayyorlash, ularni ishlabchiqarishga yo‘naltirishda ta’lim, fan va amaliyotning bir-biri bilan uzviy aloqadorligini ta’minlashni kun tartibiga qо‘ydi.

20-noyabr kuni tashkil etilgan anjuman fan, ta’lim va ishlab chiqarishning integratsion jarayonlaridagi innovatsion texnologiyalarning ilmiy va tashkiliy asoslarini rivojlantirish borasida tashkil etilgan bo‘lib, soha yo‘nalishlari bo‘yicha korporativ hamkorlikdagi innovatsion loyihalar va ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarining tahlili va ishlab chiqarishga tatbiq etish, olingan natijalarni o‘quv jarayoniga uzviy bog‘liqligini qaror toptirish bilan bog‘liq masalalarga bag‘ishlangan.

Kunning ikkinchi yarmida anjumanning quyidagi beshta sho‘ba bo‘yicha yig‘ilishlari o‘tkazildi. Unda 1-sho‘ba: To‘qimachilik va paxta sanoati tarmoqlariga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish asosida rivojlantirish, ekologik muammolar. 2-sho‘ba: Dizayn asosida yengil sanoat va matbaa mahsulotlari yangi assortiment turlarini kengaytirish va ishlab chiqarishni rivojlantirish. 3-sho‘ba: Charm-poyabzal, mo‘ynachilik va kimyo sanoatida innovatsion texnologiyalarning istiqbollari. 4-sho‘ba: To‘qimachilik va yengil sanoat korxonalarini iqtisodiy rivojlantirish, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish. 5-sho‘ba: Fundamental, ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalar.

Sho‘ba yig‘ilishlarida nafaqat respublikamiz oliy ta’lim muassasalaridan, qolaversa Turkiyaning Dyetech dye chemical textile Co.Ltd. asoschisi Aytaj Agaoglu va boshqalar ham o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?