TTYSI delegatsiyasi keng ko‘lamli tadbirda ishtirok etmoqda
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori I.Bulanov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina boshchiligida “Tojikiston-2025 xorijiy davlatlar universitetlarining ikkinchi xalqaro festival-ko‘rgazmasi”da ishtirok etmoqda.
Festival – ko‘rgazma dunyoning 12 mamlakatidan 80 dan ortiq yetakchi oliy o‘quv yurtlarini birlashtirdi, bu esa uni oliy ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlash uchun muhim maydonga aylantiradi. TTYSIning ko‘rgazmadagi ishtiroki institutning dunyo bo‘ylab hamkasblari bilan tajriba almashish va ufqlarni kengaytirishga intilishini ta’kidlaydi.