TTYSIning Xitoy bilan hamkorligi: sohani rivojlantirishda yangi bosqich
Bugun, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Shanxay nashriyot va poligrafiya kolleji rahbariyati hamda O‘zbekistondagi Xitoy tadbirkorlari uyushmasi vakillari bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov va xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina ishtirok etishdi.
Xitoy delegatsiyasining tashrifi doirasida hamkorlik to‘g‘risida muhim memorandum imzolandi, shuningdek, "Bi Sheng ustaxonasi"ning tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim voqea texnologik, nashriyot va poligrafiya sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish muhimligini ta’kidlaydi, tajriba almashish va ilg‘or amaliyotlar uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Ushbu hamkorlik har ikki mamlakatda sohani rivojlantirishga sezilarli hissa qo‘shishiga ishonamiz.