🔊
07:54 Juma 08 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

VAKILLARIMIZ “XVI YEVROSIYO YOSHLARI IQTISODIYOT FORUMI”DA ISHTIROK ETMOQDA

22.04.2026
6

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mas’ul xodimlar va talabalari “XVI Yevrosiyo yoshlari iqtisodiyot forumi”da faol ishtirok etmoqda.

Yekaterinburg shahridagi Ural davlat iqtisodiyot universitetida nufuzli xalqaro tadbir o‘z ishini tantanali ochilish marosimi bilan boshladi.

Forum ochilishida turli davlatlar elchilari, xalqaro ekspertlar, Rossiya va xorijiy oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda minglab yoshlar ishtirok etmoqda.

Tadbirning dastlabki bosqichi “Tenglar o‘rtasida muloqot – Диалог на равных” mavzusidagi muhokamaga bag‘ishlanib, unda yoshlar o‘zaro teng maqomda fikr almashish, dolzarb global iqtisodiy masalalarni muhokama qilish hamda muloqot madaniyatini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur forum yoshlarning xalqaro hamkorligini kengaytirish, iqtisodiy bilim va tajribalarini boyitish hamda global jarayonlarda faol ishtirok etish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?