20:34 Dushanba 22 Dekabr 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

XITOY XALQ RESPUBLIKASI SHINJON (XINJIANG) UNIVERSITETI DELEGATSIYASI TASHRIF BUYURDI

22.12.2025
23

Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon (Xinjiang) universitetining To‘qimachilik va tikuvchilik kolleji delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Delegatsiyaga kollej dekani Xia Xin boshchilik qildi. Tashrif doirasida professor-o‘qituvchilar Abulizi Walisi, Zhou Himin, Zhu Xiaoqan, Li Zhiyong, Jiang Lihong ishtirok etdilar.

22-dekabr kuni bo’lib o’tgan uchrashuvda Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina, “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi mudiri O.Ortiqov ishtirok etdi.

Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqotlar, akademik almashinuv, qo‘shma ta’lim dasturlari hamda to‘qimachilik va tikuvchilik sohasida tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?