11:55 Seshanba 01 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Yoshlar kuni doirasida yangi adabiyotlar taqdimoti o‘tkazildi

30.06.2025
26

30-iyun kuni Yoshlar kuni munosabati bilan “Dolzarb 90 kun” va “Kitobxon yoz – 2025” loyihalari doirasida Axborot-resurs markazida “Yoz – kitoblar bilan o‘tmoqda soz” nomli yangi adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda kutubxona fondiga kelib tushgan zamonaviy adabiyotlar yosh kitobsevarlarga tanishtirildi. Yozgi ta’tilni mazmunli o‘tkazish, bo‘sh vaqtni samarali tashkil etish maqsadida tavsiya etilgan kitoblar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, ishtirokchilarga “Yoshlar – yurt tayanchi” nomli videorolik namoyish etildi. Unda yoshlarning Vatanga sadoqati, jamiyatdagi o‘rni va faol ishtiroki aks ettirildi.

Taqdimot kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish va yoshlarning mutolaaga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?