14:44 Dushanba 14 Iyul 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi – Yoshlar yetakchisi Xo‘jamurodov Surxonbek Husan o‘g‘li 2025-yil 12-iyul kuni muhim kasbiy bosqichni muvaffaqiyatli tamomladi

13.07.2025
45

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Dizayn va texnologiyalar fakulteti “Tikuv buyumlari texnologiyasi va raqamli injiniring” kafedrasi 3-bosqich talabasi, Yoshlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi – Yoshlar yetakchisi Xo‘jamurodov Surxonbek Husan o‘g‘li 2025-yil 12-iyul kuni muhim kasbiy bosqichni muvaffaqiyatli tamomladi.

U O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tasarrufidagi
Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti tomonidan tashkil etilgan:

“Axborot xizmati faoliyatida zamonaviy tendensiyalar: raqamli texnologiyalar, PR instrumentlar va sun’iy intellekt”

mavzusidagi malaka oshirish kursida ishtirok etdi va uni muvaffaqiyatli tamomlab, maxsus sertifikatga ega bo‘ldi.

Kurs davomida ishtirokchilarga axborot siyosati, matbuot xizmati faoliyatini samarali olib borish, OAV bilan ishlash madaniyati, PR strategiyalarni ishlab chiqish, kontent yaratishda sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar berildi.

Yakuniy imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan Surxonbekka sertifikatni shaxsan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov topshirdi.

Mazkur kurs Surxonbekning nafaqat kasbiy yo‘nalishdagi bilim doirasini kengaytirdi, balki institutda yoshlar bilan ishlashda ham zamonaviy yondashuvlarni qo‘llashda muhim tajriba maktabiga aylandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?