Zakovat – bilimdonlar maydoni!
2025-yil 9-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti To‘qimachilik muhandisligi fakultetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda ikki kuchli jamoa – “Zukkolar” hamda “Standart” jamoalari o‘zaro bilim va tafakkurda kuch sinashdi. Qizg‘in bahs va murosasiz o‘yindan so‘ng “Standart” jamoasi saralash bosqichining g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Yakuniy natijalar:
1-o‘rin — “Standart” jamoasi
2-o‘rin — “Zukkolar” jamoasi
O‘yin davomida faol va bilimli qatnashgan talabalar alohida nominatsiyalar bilan rag‘batlantirildi.
“Zakovat” – bu nafaqat musobaqa, balki fikrlash, mantiqiy tahlil, jamoaviy hamjihatlik va o‘z-o‘zini namoyon qilish maydonidir!