“Zakovat” intellektual uchrashuvi
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalar intellektual salohiyatini oshirish maqsadida navbatdagi “Zakovat” uchrashuvi tashkil etildi.
Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti talabalari yana bir davrada jam bo‘lib, Zakovat klubida bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.
Mazkur uchrashuv talabalar orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, mantiqiy fikrlash va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi. Intellektual bellashuv davomida talabalar o‘z bilimlarini namoyon etib, faol ishtirok etishdi.