22:17 Payshanba 12 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

“ZAKOVAT QUIZ” INTELLEKTUAL MUSOBAQASI BO’LIB O’TDI

07.03.2026
26

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan institutda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar hamda xodimlar o‘rtasida “Zakovat Quiz” intellektual musobaqasi tashkil etildi.

Xotin-qizlarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularning intellektual faolligini oshirish hamda jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaaqa qiziqarli savollar boy, o’ziga xos mantiqiy topshiriqlar hamda murosasiz bahslarga ichida o‘tdi. Unda institutning turli fakultetlari va bo‘limlari vakillaridan iborat 15 ta jamoa ishtirok etdi.

Musobaqa bir necha shartlardan iborat bo‘lib, unda ishtirokchilarning umumiy bilim saviyasi, mantiqiy fikrlashi, tezkor javob qaytarish qobiliyati hamda jamoaviy ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.

Hakamlar hay’ati tomonidan barcha jamoalarning ishtiroki adolatli va shaffof mezonlar asosida baholab borildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:

🥇 1-o‘rin – “Platinum Ladys” jamoasi 3 million so‘mlik pul mukofoti bilan taqdirlandi.
🥈 2-o‘rin – “Chemical print” jamoasi 2 million so‘mlik pul mukofotiga sazovor bo‘ldi.
🥉 3-o‘rin – “Dizayn Tyutorlari” jamoasi 1 million so‘mlik pul mukofoti hamda diplom bilan taqdirlandi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?