🔊
22:25 Juma 21 Avgust 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TALABALAR TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR

19.08.2026
59

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga talabalikka qabul qilinganlar zarur hujjatlar to‘plamini institutga olib kelishlari mumkin.
Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishib chiqing!

  1. Rektor nomiga ariza;

  2. Pasport nusxasi — asli ko‘rsatilgan holda;

  3. Diplom yoki attestatning asl nusxasi — ilovasi bilan birga;

  4. Javoblar varaqasi;

  5. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat — asli, agar mavjud bo‘lsa;

  6. 3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;

  7. Hujjatlar yig‘ma jildi — papka, bog‘ichli;

  8. A5 formatidagi 2 dona konvert;

  9. Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza — sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati mavjud talabalar uchun;

  10. Imtiyoz beruvchi hujjatning asli — imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun.
    Ma’lumotni saqlab qo’ying va talaba bo’lgan yaqinlaringizga yuboring.

Manzil: 100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi 5 -uy

Saytni yangi dizayni yoqdimi?