05:10 Payshanba 14 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

O‘zbekistonlik yosh olimlar uchun Sloveniya grant dasturi

12.08.2025
31

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Sloveniya Respublikasining nufuzli ilmiy markazlaridan biri – Jozef Shtefan instituti huzuridagi Xalqaro aspirantura maktabi tomonidan 2025 yil uchun “Tanlangan ustozlar bilan yosh olimlar uchun tender” (CALL FOR TENDERS for candidates for young researchers with selected mentors in 2025) grant dasturi e’lon qilindi.

Mazkur dastur yosh olimlarga ilg‘or ilmiy laboratoriyalarda tadqiqotlar olib borish, xalqaro ilmiy jamoalarda ishlash va Sloveniya hamda boshqa davlatlar olimlari bilan hamkorlik o‘rnatish imkonini beradi.

Kimlar qatnashishi mumkin:

28 yoshgacha bo‘lgan nomzodlar,
Magistrlik diplomiga ega bo‘lganlar.

Ilmiy loyihalar ustida ishlashga tayyor bo‘lgan, ingliz tilini yaxshi biluvchi tadqiqotchilar

Ishtirok shartlari:
Nomzodlar Jozef Shtefan institutida faoliyat yuritayotgan professorlardan birini ilmiy rahbar sifatida tanlashi va talab etiladigan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishi lozim.

Hujjat topshirish muddati: 18-avgust 2025 yilgacha.
Aloqa uchun - Xalqaro hamkorlik bo‘limi (1-bino, 523-xona).

Saytni yangi dizayni yoqdimi?