Oliy ta’lim muassasalari rahbar kadrlari va professor-o‘qituvchilari uchun “Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat” mavzusida 1 oylik (144 soatlik) malaka oshirish kursi tashkil etilishi rejalashtirilgan
Kurs quyidagi tartibda o‘tkaziladi:
1-bosqich (72 soat) – 2025-yil 8–20-sentyabr kunlari Toshkent shahrida, Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida;
2-bosqich (72 soat) – 2025-yil 22-sentyabrdan 2-oktyabrgacha Finlyandiya va Shvetsiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida.
Kurs yakunida tinglovchilarga davlat namunasidagi malaka attestati, xorijda malaka oshirganlik sertifikati hamda xorijiy OTMda dars mashg‘uloti olib borganligi haqida ma’lumotnoma beriladi.
Ushbu kursda ishtirok etish istagini bildirgan rahbar va professor-o‘qituvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilishingiz so‘raladi (1-bino, 523-xona).