O‘QISHGA TAVSIYA ETILGAN ABITURIYENTLARDAN HUJJATLAR QABULI BOSHLANDI
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlardan hujjatlar qabuli boshlandi.
Abituriyentlar quyidagi hujjatlarni topshirishlari lozim:
1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa)
5. 3,5x4,5 foto 12 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel);
7. Konvert A5 formatida;
8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa)
9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa).
Qabul joyi: Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti qabul komissiyasi
Ish vaqti: har kuni 09:00 – 18:00
Belgilangan muddatda hujjatlarni taqdim etmagan abituriyentlarning o‘qishga qabul qarori bekor qilinishi mumkin.