Taʼlim grantiga talabgor bo‘lgan barcha talabalar diqqatiga!
O‘z ustida doimiy ishlaydigan, fikrlash doirasi keng, bilimli va kitobxon yoshlargina bugungi raqobatbardosh jamiyatda o‘z o‘rnini topadi. Shu sababli sizlarga “Kitobxonlik madaniyati” bo‘yicha o‘quv yili davomida o‘qilishi tavsiya etilgan 100 ta eng muhim asarlar ro‘yxati taqdim etiladi.
Bu ro‘yxatga adabiyot, tarix, tafakkur, psixologiya, vatanparvarlik, yetakchilik va shaxsiy rivojlanish kabi yo‘nalishlardagi durdona asarlar kiritilgan bo‘lib, ular nafaqat grant tanlovlarida, balki hayotda to‘g‘ri yo‘lni topishingizda ham sizga yo‘l ko‘rsatadi.
Har bir kitob – yangi dunyo. Har bir sahifa – sizning kelajagingiz sari tashlangan qadam.
Tavsiya:
- Kitob o‘qiganda muhim fikrlarni konspekt qilib boring
- Talabalar bilan tajriba almashing
- O‘qigan asarlaringiz asosida taqdimot yoki esse yozishga harakat qiling
- Yil oxirida o‘qigan kitoblaringiz haqida hisobot tayyorlash foydali bo‘ladi
Ro‘yxat bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
Kitoblar ro‘yxatini ko‘rish
Bugun o‘qigan kitobingiz — ertangi muvaffaqiyatingiz poydevori!