TALABALAR TOMONIDAN TAQDIM ETILADIGAN HUJJATLAR
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga talabalikka qabul qilinganlar zarur hujjatlar to‘plamini institutga olib kelishlari mumkin.
Taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati bilan tanishib chiqing!
-
Rektor nomiga ariza;
-
Pasport nusxasi — asli ko‘rsatilgan holda;
-
Diplom yoki attestatning asl nusxasi — ilovasi bilan birga;
-
Javoblar varaqasi;
-
Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat — asli, agar mavjud bo‘lsa;
-
3,5 × 4,5 sm hajmdagi 6 dona fotosurat;
-
Hujjatlar yig‘ma jildi — papka, bog‘ichli;
-
A5 formatidagi 2 dona konvert;
-
Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza — sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati mavjud talabalar uchun;
-
Imtiyoz beruvchi hujjatning asli — imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun.
Ma’lumotni saqlab qo’ying va talaba bo’lgan yaqinlaringizga yuboring.
Manzil: 100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tumani, Shohjahon ko‘chasi 5 -uy