16:14 Dushanba 18 Avgust 2025 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

MODA DIZAYNI BO‘YICHA TRENINGGA TAKLIF – mashhur nemis dizayneri Robert Herzogdan

18.08.2025
6

GUZ Partners loyihasi doirasida, Germaniya to‘qimachilik assotsiatsiyasi GESAMTMASCHE va Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamkorligida tashkil etilgan noyob besh kunlik treningda ishtirok etishga taklif etamiz.

Treningni Robert Herzog – Shhtutgartdagi Davlat moda va dizayn maktabining yetakchi o‘qituvchisi, 25 yildan ortiq tajribaga ega dizayner, pedagog va moda tadqiqotchisi olib boradi. U Yevropadagi ko‘plab loyihalarda, jumladan Hugo Boss va Laurèl kompaniyalari bilan ishlagan.

 Joy: Toshkent, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, 222-xona
 Sanalar: 2025-yil 25–29-avgust
 Format: nazariya + amaliyot + shaxsiy portfel ustida ishlash

 TRENING MAVZULARI:

• Moda — madaniyat va kommunikatsiya tili sifatida
• Ijtimoiy-madaniy jarayonlar, tarix va identiklik orqali modani anglash
• Modani og‘zaki bo‘lmagan muloqot shakli sifatida tadqiq etish
• 1950–1982-yillar submadaniyat klassikasini tahlil qilish
• San’at, raqamli texnologiyalar va trendlarning zamonaviy uslublarga ta’siri
• Shaxsiy kolleksiya yaratish, Moodboard va portfel taqdimoti

 DASTUR REJA

Dushanba, 25.08.2025

• Qadriyatlar va madaniy kodlarni tadqiq etish
• Trendlarni tahlil qilish (jumladan,
Lyst Index)

Seshanba, 26.08.2025

• Kolleksiya konsepsiyasini ishlab chiqish
• Uslublar, kodlar, modaning vizual tili

Chorshanba–Payshanba, 27–28.08.2025

• Individual ish: eskizlar, rang, mato, bezak
• Professional qo‘llab-quvvatlash va mentorlik

Juma, 29.08.2025

• Portfelning yakuniy taqdimoti
• Ekspertning fikr-mulohazalari

 O‘rinlar soni cheklangan. Ishtirok etish bepul.
Ro‘yxatdan o‘tish va tashkiliy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot ishtirok tasdiqlangandan so‘ng beriladi.

 Ro‘yxatdan o‘tish uchun:
+998 97 008 80 83 – Malika
+998 99 790 12 55 – Kamola

 Sizni ushbu ilhomlantiruvchi treningda kutib qolamiz!

Saytni yangi dizayni yoqdimi?