“PSIXOLOGIK XIZMAT” ONLAYN PLATFORMASI ISHGA TUSHDI!
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida tahsil olayotgan talabalar uchun psixologik xizmatlar yanada qulay va tezkor shaklda yo‘lga qo‘yildi.
Barcha talabalar quyidagi havola orqali shaxsiy kabinetlariga kirib, o‘zlariga biriktirilgan test topshiriqlarini belgilangan tartibda bajarishlari mumkin:
Shuningdek, talabalarga qulaylik yaratish maqsadida platformada psixologga murojaat oynasi ham ishga tushirilgan. Unda, Siz, onlayn murojaat yuborishingiz hamda individual suhbat uchun qabulga yozilishingiz mumkin
Institut psixologi: D.I. Tojimova +998889761395
Institut xotin-qizlar bilan ishlash psixologi: Sh.O‘rinova +998994951982