🔊
02:55 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

JIANGSU UNIVERSITETI BILAN HAMKORLIK ALOQALARI O’RNATILMOQDA

12.05.2026
11

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Jiangsu Universiteti dekani Pen U hamda ma’muriy ofis direktori U Venxao bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor I.Bulanov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i V.Lyamkina ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida tomonlar dizayn va muhandislik ta’limi yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. Jumladan, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ilmiy-ta’lim loyihalarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ikki diplomli ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va xalqaro akademik hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?