22:01 Chorshanba 09 Oktyabr 2024 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Elektron hujjatlar
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

Institut kengashining navbatdagi kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi

29.08.2024
105

So‘nggi yetti yil ichida mamlakatimizda olib borilgan islohotlar ichida oliy taʼlim sohasi lokamativlik qiladi. Davlatimiz rahbarining saʼy-harakati bilan avvallari 9 foizni tashkil etgan oliy taʼlim qamrovi, bugungi kunda qariyb 30 foizdan oshdi. Jami oliy taʼlim muassasalari soni esa yetmish foizga ko‘paygan. Bu xalqimiz orasida maʼlum bir soha bo‘yicha yetarlicha bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lish borasidagi qiziqish va talab keskin ortganidan darak beradi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti mintaqa davlatlari orasida to‘qimachilik, dizayn, paxtani dastlabki ishlash bosqichlari va yengil sanoatning boshqa ko‘plab tarmoqlarida faoliyat yuritadigan yetuk kadrlarni ishlab chiqaradigan eng peshqadam bilim yurtlaridan biri hisoblanadi.

Kirib kelayotgan yangi o‘quv yilida erishilgan yutuqlar sonini yana-da ko‘paytirish, milliy va xalqaro reytinglarda munosib o‘rinlarni qayd etish va istiqboldagi boshqa ustuvor maqsadlarni kelishib olish uchun, 28 avgust kuni kengashning kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Qurultoy davlatimiz madhiyasi sadolari bilan boshlandi. Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod… Baralla qilingan xirgoyi, ko‘kraklardagi qo‘llar – g‘urur va iftixorga to‘la qalblar!..

Majlisni ochib berish uchun Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Baxtiyor Vasiyevich Nasimov minbarga chiqdi.

“Vatanimiz nafaqat sharq, balki butun dunyo tamadduniga ulkan hissa qo’shgan, jahon olimlari va madaniyat xodimlarini lol qoldirgan olim-u fuzalolari bilan shuhrat qozongan. Aynan shu sabab ham ilk ikki uyg’onish davri bizning o’lkamizda tetapoya bo’lgan. Bugun esa uchinchi renessans bo’sag’asida turibmiz”,–deya davom ettiradi B.Nasimov: “Istiqlol yillarida ko‘hna tariximiz, boy madaniy-maʼnaviy merosimiz, milliy davlatchiligimiz, urf-odat va anʼanalarimiz qayta tiklandi, aziz-avliyolarimizning qarovsizlikdan nurab, deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasiga kelib qolgan maqbaralari, masjid va madrasalar tubdan taʼmirlandi. Bugungi kunda mehr-oqibat, bag‘rikenglik, hamjihatlik kabi olijanob fazilatlar, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat, Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyg‘usi yuragimizning tub-tubidan o‘rin oldi.

Darhaqiqat, mustaqillik tufayli biz o‘zligimizni angladik, ozod xalq, mustaqil davlat sifatida O‘zbekistonning bor bo‘y-bastini, ulkan salohiyatini butun dunyoga namoyon qilish imkoniga ega bo‘ldik. Ozodlik bois bizni jahon tanidi, xalqimizning fidokorona mehnati, yoshlarimizning g‘ayrati, azmu shijoati ila Vatanimizning shon-shuhrati olam uzra yana-da keng yoyilmoqda. Hurriyat bergan beqiyos imkoniyatlar negizida ertangi kunimiz – erkin va farovon kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan bunyod etmoqdamiz”.

Nafaqat yangi o‘quv yili, balki eng ulug‘ va eng aziz kunlar arafasida turganligimizni qayd etar ekan, prorektor jamoa aʼzolarini Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan tabrikladi va ayni damda safarda bo‘lib turgan rektorimiz dil so‘zlarini ham yetkazdi.

Bayram tabrigidan so‘ng prorektor Nasimov kengashning yalpi qismini boshladi.

26 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari yig‘ilishda kengash aʼzolari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar qarori asosida qabul qilingan yangi tashkil tuzulmani ovoz berish yo‘li orqali tasdiqlashgan edi. Unga ko‘ra, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor boshqaruvi kesimidagi bo‘limlar soni bir nechtaga ortgan hamda tashkiliy tuzilmaning dinamikasi samaradorligi tubdan yangi darajaga olib chiqarilgan. Endilikda tashkil etilishi rejalashtirilgan "Media Markaz" institutimizning yangi qiyofasini targ‘ib etish hamda xorijiy talabalar sonini ko‘paytirish uchun xizmat qiladi.

Belgilangan istiqbolli rejalar hamda institut tashkiliy tizimidagi o‘zgarishlar jamoaga tanishtirilganidan so‘ng, navbat taqdirlash marosimiga yetdi. Unda ilmiy unvon va daraja olgan olimlar hamda institutimiz rivojlanishi uchun sidqidildan xizmat qilgan professor o‘qituvchilar tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.

Taqdirlash marosimidan so‘ng so‘z navbati o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X.Kamilovaga berildi. Professor yangi o‘quv yilidagi yangi akademik marralar xususida mulohaza qildi.

"So‘nggi ikki yilda institutimiz dual taʼlimga oid tajribasini misli ko‘rinmagan darajaga olib chiqdi. Biz boshqa oliy taʼlim muassasalariga ko‘rsatma beradigan darajada bilim va ko‘nikmaga egamiz. Men yil davomida ishlab chiqarish korxonalaridagi kafedralar filiali bilan tanishdim va baʼzilarining bakalvrlik himoyalarida ham bo‘ldim. Eʼtirof etish joizki, korxona rahbarlari tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar tahsinga loyiq darajada. Talabalarimiz noqulaylik bilmay amaliy bilim olishmoqda. Bu gal iqtisodiyot yo‘nalishi uchun dual taʼlim tizimi faoliyatini to‘xtatdik. Sababi bu zamonaviy mikro iqtisodiy talablarga to‘g‘ri kelmaydi – korxonalarning o‘z ichki iqtisodiy sirlari va yo‘riqlari bor, albatta", deydi Xalida Kamilova.

Nutqi davomida prorektor xonim Karyera markazi boshlig‘iga bir qancha ko‘rsatmalar berishga ham ulgurdi. Unga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalaridagi talabalarimizga amaliy bilim va ko‘nikma berayotgan o‘z ishining yetuk mutaxassislari, agar ular magistrlik diplomiga ega bo‘lsalar yarim o‘rindoshlik asosida TTYSI kafedralariga ishga olinadilar. Bu ularga muvaffaqiyatli kasbiy karyera qurish bilan birga ilmiy unvonga ega bo‘lish uchun ham yaxshi zamin yaratadi.

Shundan so‘ng so‘zga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Nodir Mirzaev chiqdi hamda 2024 yilning 4-choragida amalga oshiriladigan ilmiy tadqiqotlar xususida maʼlumot berdi:

Ayni damda professor-o’qituvchilar soni 371 tani, fan doktorlari va professorlar 46 nafarni, fan nomzodi va dotsentlar esa 179 nafarni tashkil etadi va institutimizning ilmi salohiyati 60,6 foizga teng. Doktoranturada 152 nafar tadqiqotchi izlanish olib bormoqda. Ularning 120 nafari tayanch doktorant va 5 nafari stajyor tadqiqotchi bo’lsa, 24 nafari mustaqil izlanuvchilardir. Talabalarimizning yigirma to’rttasi ichki, to’rt nafari esa nomdor davlat stipendiyalari sohibi bo’lishgan.

Joriy o‘quv yilida 5 ta asosiy hamkor tashkilotlar bilan 30 dan ortiq istiqbolli loyihalarni amalga oshirish hamda ilmiy loyihalar va moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun 2,8 mlrd. so‘m mablag‘ni institutga jalb qilish rejalashtirilmoqda.

Ilmiy–tadqiqot natijalarining nashr etilish ishlarini yana-da jadallashtirish strategiyalari ishlab chiqildi. Xalqaro tan olingan ilmiy nashrlar bazalari, jumladan Scopus va Web-of siense kabilarda hamda mahalliy nashrlarda ilmiy maqolalar sonini to’qqiz yuztaga yetkazish rejalashtirilmoqda. Ayni holatda ularning soni 329 tani tashkil etadi.

Innovatsion ishlanmalarni patentlashtirish, sertifikatlash ishlarini tizimli ravishda takomillashtirish. Rejadagisi 70 ta, Hozirgi holatda esa 42 tani tashkil etmoqda.

Akademik va tarmoq ilmiy tekshirish institutlari bilan innovatsion faoliyat yo‘nalishida hamkorlikni rivojlantirishga alohida urg‘u beriladi.

“Kafedra – markaz – spin-off” taʼmoyili asosida 2024-2026 yillarda jami 6 ta spin-off korxonalar faoliyati tashkil etiladi. Jumladan, “Textile Machinary SO” ishlab chiqish korxonasi, “Institutning “CHOK” brendi ostida to‘qimachilik va yengil sanoat buyumlarini ishlab chiqish”, “Poligrafiya mahsulotlarini ishlab chiqish”, “Kompression trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqish kabi ishlanmalar asosida tashkil etiladi.

2024 yilning oxirigacha institutda spin-off korxonalariga ishga va amaliyotga jalb etiladigan talabalar soni 200 tani tashkil etishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2025 yilda 400 taga, 2026 yilda esa 1800 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Institut spin-off korxonalaridagi talabalar sonining ko‘payishi yildan-yilga korxonalar hamda innovatsion loyihalar sonining oshishi bilan izohlanadi. Bu esa iqtidorli muhandislarni tayyorlashda zamin yaratadi.

2026 yilga kelib institutda 6 ta spin-off korxonada 1,8 mlrd. so‘mlik xizmat ko‘rsatish, mahsulot ishlab chiqarish va boshqa loyihalar amalga oshiriladi. Spin-off korxonalarida muhandislik yo‘nalishlarida taʼlim olayotgan institut talabalarning 45% jalb etiladi ,deydi professor Mirzaev

So'z navbati Ismoil Bulanov - Xalqaro hamkorlik ishlari bo'yicha prorektorga ham berildi.

Institutimiz xalqaro tajriba almashish maydonida nafaqat oʻzining katta tajribasi, balki oʻz oʻrni va soʻziga egadir. Zamonaviy innovatsion yoʻnalishlar, ulardagi oʻziga xosliklar va akademik manfaatlar har doim xorijiy hamkorlar bilan mustahkam aloqalarni oʻrnatishga zamin yaratib kelgan. Masalan,  “Tecon” kompaniyasi (Italiya) bilan hamkorlik memorandumi imzolandi; “TIKA” (Turkiya) va GIZ” tashkilotlari (Germaniya)bilan hamkorlik shartnomasini imzolash uchun aloqa o‘rnatildi; “ACTED” tashkiloti (Fransiya) hamda Germaniyaning Gesamtmasche assotsiatsiyasi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi; Changshu texnologiya instituti (Xitoy) hamda Egey University (Turkiya) bilan hamkorlik samaradorligi oshdi; Hochschule Niederrhein (Germaniya) va Univercita European del Design Pescara (Italiya) bilan o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Shuningdek, Germaniyaning Albstadt-Sigmaringen universiteti bilan birgalikda talabalar almashuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Albstadt-Sigmaringen universiteti bilan birgalikda amalga oshirilayotgan hamkorlik xususida I.Bulanov qo'shimcha qildi:

2024-2025 о‘quv yilida 16 nafar xorijiy OTMdan professor- о‘qituvchilar jalb qilinishi rejalashtirilgan.

2024-2025 о‘quv yilida 24 nafar professor- о‘qituvchini  xorijiy OTMlarda (Germaniya Xitoy Janubiy Koreya) malaka oshirish va stajirovkaga yuborish rejalashtirilgan.

Germaniyaning Albshadt universiteti hamda Italiyaning Polimoda instituti bilan qо‘shma ta’lim dasturlarini ochish rejalashtirilgan.

Germaniya Albshadt universitetiga hamda Xitoyning Changshu institutiga har semestrda 10 nafardan talaba akademik mobillik asosida yuborish rejalashtirilgan.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish uchun "Erasmus +" dasturiga 2 ta loyiha topshirilgan.

Mamlakat tanlagan rivojlanish vektori – xomashyoni emas, balki tayyor mahsulotni jahon bozoriga olib chiqish, uning raqobatbardoshligini oshirish va xalqaro sifat talablariga javob berish kabi masalalarga davlatimiz rahbari tomonidan katta eʼtibor berilmoqda.

Aynan shu sabab ham injener-texnologlar va muhandislarni tarbiyalashga qaratilgan istiqbolli rejalar Yangi O‘zbekistonning yangi strategiyasidan ham joy oldi.

Korxonalarda nafaqat mavjud texnik jarayonlardan boxabar bo‘lish yoki ishlab chiqarish anʼanalarini davom ettirish, balki innovatsiyalarga yo‘l ochish hamda ilm-fan inklyuzivligi taʼminlash ham juda dolzarb hisoblanadi.

Xususan, to‘qimachilik va yengil sanoat sohasi va unda faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning rivojini faqat va faqat ilm-fan orqali tasavvur qilish mumkindir. Amaliy bilimlarga berilgan urg’u mavjud nazariy bilimlarga berilgan qanotdir, qaysidir ma'noda. Talabalar yetuk mutaxassisga aylanganlaridan so'ng ham moddiy ham ma'naviy bilimlariga tayangan holdagina parvoz qilishlari mumkin. Kengash ham aynan shu sabab bir yerda jam bo'ldi.

2024-2025 o'quv yili ostonasida qo'yilgan rejalar juda katta. Ularning har biriga erishish uchun institutimizda barcha resurslar mavjuddir.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?