🔊
05:12 Seshanba 17 Noyabr 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

OLIYGOHLAR ÖRTASIDA O‘ZARO HAMKORLIK MUSTAHKAMLANMOQDA

13.11.2026
24

Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti hamda Toşkent Kimyo xalqaro universiteti örtasida ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan özaro hamkorlik şartnomasi imzolandi.


Mazkur kelishuv ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida ilmiy va akademik aloqalarni kengaytiriş, ta’lim sifatini oşiriş hamda zamonaviy bilim va tajribalarni öquv jarayoniga tatbiq etişda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hamkorlik doirasida ilmiy-tadqiqot işlarini birgalikda olib borish, mahalliy va xalqaro ilmiy jurnallarda, jumladan, Scopus hamda Web of Science bazalarida indekslanuvçi nashrlarda ilmiy maqolalar çop etiş, seminar va davra suhbatlarini taşkil etiş, şuningdek, xalqaro grant va loyihalarda hamkorlikda iştirok etiş kö‘zda tutilgan.

Şuningdek, talabalar uchun malakaviy amaliyotlarni taşkil etiş, professor-öqituçilar va ilmiy tadqiqotçilar örtasida tajriba almaşiş, qöşma ilmiy izlanişlarni amalga oşiriş, laboratoriya va moddiy-texnika bazalaridan özaro foydalanish ham hamkorlikning ustuvor yöna­lishlaridan hisoblanadi.

Şartnoma Toşkent Kimyo xalqaro universiteti rektori Akmal Allakuliyev Baltayevich hamda Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat instituti birinçi prorektori Baxtiyor Nasimov Vasiyevich tomonidan imzolandi.

Beş yil muddatga möljallangan mazkur kelishuv ikki ta’lim muassasasi örtasidagi uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantiriş, ilmiy salohiyatni mustahkamlaş va raqobatbardosh kadrlar tayyorlaşga xizmat qiladi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?