Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Sanoat texnologiyalari va mexanika fakulteti “Yashil transformatsiya va sanoat xavfsizligi” kafedrasi talabalari o‘rtasida “Ekostipendiya” tanlovi doirasida talabalarning ilmiy-ijodiy ishlanmalari taqdimoti o‘tkazildi.
🗣Tanlov davomida talabalar tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil texnologiyalar va barqaror rivojlanish yo‘nalishlarida ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy ishlanmalar namoyish etildi.
🗣Talabalar o‘z loyihalarining maqsadi, dolzarbligi, yangiligi, amaliy ahamiyati hamda kutilayotgan natijalari haqida taqdimotlar orqali ma’lumot berdilar.
🗣Shuningdek, ishtirokchilar o‘z ilmiy-ijodiy ishlanmalarini himoya qilib, loyihalarining ekologik muammolarni hal etishdagi ahamiyati va amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlarini yoritib berdilar.
🗣Hakamlar tomonidan Nizom asosida tanlov ishtirokchilari baholandi.