Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 31-maydagi PQ-171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi masalalariga bagʻishlangan muhim sanalar boʻyicha oʻtkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 26-bandiga muvofiq, sentabr oyining uchinchishanbasi respublikamizda “Butunjahon tozalik kuni” (“World cleanup day”) nishonlanishi belgilangan.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining tashabbusi bilan joriy yilning 20-oktabr kuni yoshlarni keng jalb qilgan holda chiqindilarni yugurish orqali saralab yigʻish tadbirlari — “Plogging” oʻtkazish rejalashtirilgan.
“Butunjahon tozalik kuni” (“World cleanup day”) nishonlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati Mehnat muhofazasi professor-o‘qituvchilari hamda “Ekologiya, atrof-muhit muhofazasi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan birgalikda “Plogging” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda talaba-yoshlar hamda professor-o‘qituvchilar faol qatnashib, atrof-muhit muhofaza qilish yo‘llarida o‘zlarini ulkan hissalarini qo‘shishdi.
Mazkur tadbir Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati rasmiy saytida yoritildi.
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish