Kafedrada, kasbiy va ilmiy-innovatsion to‘garaklar faoliyatini tizimli tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotganini ta’kidladi.
Uchrashuvning faxriy mehmonlari — professorlar Adxam Salimovich Rafikov hamda Jahongir Adxamovich Axmedov o‘zlarining boy ilmiy tajribalari, ilm yo‘lidagi mashaqqatli va sharafli yo‘llari haqida gapirib, yoshlarga o‘rnak bo‘larli saboqlar berishdi.
Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ustozlardan atroflicha javob olishdi. Ilm yo‘lidan borayotgan har bir yosh mutaxassis uchun bunday uchrashuvlar katta turtki va ilhom manbai bo‘lib xizmat qilishi alohida qayd etildi.
Suhbat yakunida faxriy professorlar tomonidan to‘garak faoliyatida faollik ko‘rsatib kelayotgan bir guruh iqtidorli talabalar taqdirlandilar.