"Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda maishiy chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Chiqindilarni saralab yig‘ish” aksiyasi tashkil etildi.
Aksiya davomida ishtirokchilarga chiqindilarni turlarga ajratishning ahamiyati, ularni qayta ishlash imkoniyatlari hamda ekologiyaga salbiy ta’sirini kamaytirish usullari haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, qog‘oz, plastik, shisha va metall chiqindilarni alohida yig‘ish bo‘yicha amaliy tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir doirasida maxsus saralash qutilari o‘rnatilib, talaba-yoshlar va xodimlar faol ishtirok etdi. Ishtirokchilar tomonidan yig‘ilgan saralangan chiqindilar qayta ishlash korxonalariga topshirish uchun tayyorlandi.
Mazkur aksiya orqali atrof-muhitni asrash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda ekologik mas’uliyatni oshirishga qaratilgan muhim qadamlar amalga oshirildi. Kelgusida ham bu kabi ekologik tashabbuslarni muntazam ravishda davom ettirish rejalashtirilgan."