ERASMUS + REILEAP loyihasining hamkori “O‘ZCHARMSANOAT” uyushmasida o‘quv seminar
2021-yil 13-aprel kuni ERASMUS + REILEAP loyihasining hamkori O‘zbekiston charm-poyabzal hamda mo‘yna korxonalari uyushmasi “O‘ZCHARMSANOAT” Toshkent to;qimachilik va Yengil sanoat
institute bilan hamkorlikda Poyabzal va charm mo’yna tehnologiyasi yonalishida tahsil olayatgan talabalar uchun o‘quv seminari tashkil qildi. Seminar O‘zbekistonda charm-poyabzal sanoatida
amalga oshirilayotgan islohotlar, investitsiya loyihalari va zamonaviy charm-poyabzal korxonalarida qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishishdan iborat. Tadbirda
“O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisi o‘rinbosari Adkham Mo‘ydinov, rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Zufarova D., Turkiyadan maslahatchi Ramaazan Serhat O‘g‘uz, TITLI jamoasi a’zolari rektor Ilxom
Sabirov I., Ilhamova M.U., Mirzaev N.B., Shamsiyeva M. .B., Pazilova D., Begaliev X., CWIU vakillari prof. Maqsudova U., Maqsudova D va 100 ga yaqin TITTLE talabalari.
Seminarda respublikamiz iqtisodiy o‘sish sur’atlarining ortib borayotgani, charm-poyabzal sanoatida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalari malakali kadrlarni talab qilayotgani ta’kidlandi.
Charm-poyabzal sanoati uchun kadrlar tayyorlashda xorijiy tajribani o‘rganish maqsadga muvofiqdir. Xorijlik mutaxassislarni jalb etgan holda bunday seminarlarning tashkil etilishi oliy o‘quv
yurtlari va sanoat korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytiradi, talabalarning xorijiy mamlakatlardagi texnologik yangiliklar, sohadagi islohotlarning borishi bilan bevosita tanishishlari uchun
keng imkoniyatlar ochadi.
Seminar faoliyati Davlat axborot-tahliliy telekanali tomonidan “O‘zbekiston 24” (O‘zbekiston 24) yangiliklarida yoritildi.
institut veb-saytida