02:52 Dushanba 30 Mart 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

ATLAS-O‘ZBEK MILLIY MATOLARINING QIROLICHASI

27.02.2026
31

Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutida har haftaning juma kuni-"Milliy liboslar kuni" sifatida belgilanib, talabalar o'rtasida milliy libos chellenjlari doimiy ravishda o'tkazib kelinadi.

Iqtisodiyot fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan ma'lumotni e'tiboringizga havola etamiz.

“Atlas” so‘zi arab tilidan tarjima qilinganda “tekis”, “silliq” degan ma’noni anglatadi. Atlas — tanda va arqoq iplari tabiiy ipakdan to‘qiladigan, yuzasi jiloli va silliq bo‘lgan nafis gazlamadir.

Atlasga alohida ishlov berilib, unga jilo beriladi. Shu sababli u yorqin tovlanib turadi.

Eng sifatli turi — sakkiz tepkili xonatlas hisoblanadi. Uning barcha siri to‘qilish usuli va tuzilishidadir.

Atlas to‘qish san’ati qadimdan Marg‘ilonda rivojlangan va butun yurtimizga tarqalgan. XX asr boshlarida bu yerda ko‘plab mohir atlas to‘quvchilar faoliyat yuritgan.

Atlasning asosiy xususiyatlari:

  • Silliq va mayin tuzilish
  • Yorqin va jiloli yuzasi
  • Nafis hamda tantanavor ko‘rinish

Atlas — bu shunchaki mato emas. Bu — o‘zbek ayolining latofati va milliy qadriyatlar ifodasi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?