🔊
02:54 Shanba 23 May 2026 (GMT+5)
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
  • Grant
  • Elektron kutubxona
  • Masofaviy ta'lim
  • Hemis
  • Elektron pochta
Virtual qabulxona

TO‘QIMACHILIKDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR HAQIDA MA’RUZA O’TKAZILDI

12.05.2026
8

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Hindistonning “LMW GLOBAL FZE” korxonasi texnologi Subburaj Saravanakumar tomonidan “Ipak va yigirish texnologiyasi” kafedrasi talabalari uchun “To‘qimachilikda innovatsion texnologiyalar” fanidan ma’ruza darsi o’tkazildi.

Ma’ruza davomida yigirish korxonalarida qo‘llanilayotgan zamonaviy innovatsion texnologiyalar, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish, energiya tejamkor uskunalar, yuqori sifatli ip ishlab chiqarishdagi ilg‘or yechimlar hamda raqamli boshqaruv tizimlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, talabalar zamonaviy yigirish mashinalarining ishlash prinsiplari, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish usullari va xalqaro to‘qimachilik sanoatidagi yangi tendensiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Dars jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan atroflicha javob oldilar hamda nazariy bilimlarini amaliy tajribalar bilan boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Ushbu uchrashuv talabalarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ularni zamonaviy to‘qimachilik sanoatidagi innovatsion jarayonlarga qiziqtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

Saytni yangi dizayni yoqdimi?